Iqlim o‘zgarishi|4

TIMOTI TORLOT: «OʻZBEKISTON BUGUNGI KUNDA YOSHLARNING IQLIM OʻZGARI SHI MUAMMOSINI HAL QILISHDA ISHTIROKIDAN FOYDALANIB, TAʼLIMGA EʼTIBORNI KUCHAYTIRISHI KERAK»

Ikki hafta davomida Glazgo shahrida dunyoning etakchi davlatlari rahbarlari bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solib turgan iqlim oʻzgarishi masalasini muhokama qilishdi. Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob Timoti Torlot bizning savollarimizga javob berishga bajonidil rozi boʻldilar.

TIMOTI TORLOT: «OʻZBEKISTON BUGUNGI KUNDA YOSHLARNING IQLIM OʻZGARI SHI MUAMMOSINI HAL QILISHDA ISHTIROKIDAN FOYDALANIB, TAʼLIMGA EʼTIBORNI KUCHAYTIRISHI KERAK»

- Elchi janoblari, kuzatuvchilarning qayd etishlaricha, oʻtgan 25 yil davomidagi muzokaralar vaziyatning yaxshilanishiga olib kelmaganini qayd etishadi. Shu munosabat bilan, Sizningcha, dunyoning etakchi davlatlari rahbarlari nihoyat iqlim oʻzgarishi boʻyicha vaziyatni yaxshilash borasida bir toʻxtamga kela olishadimi?

  • Rahmat, Nargis, siz bilan suhbatlashish men uchun maroqli. Darhaqiqat, Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi muammolari bilan qiziqadigan va nafaqat ushbu mamlakat, balki butun dunyo uchun dolzarb boʻlgan ushbu mavzuda juda koʻplab dasturlar va bloglarni yuritadigan jurnalistni koʻrib turganimdan xursandman. Shunday ekan, siz bilan suhbatlashish men uchun sharafli va yoqimli.

    Men 1993 yilda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy Konvensiyasi imzolanganidan beri hech narsaga erishilmadi, degan fikrga qoʻshilmayman. Mening oʻylashimcha, dunyo mamlakatlari uni imzolash uchun yigʻilganlarida bu asosiy masala boʻlmagan. Uzoqni koʻruvchi ekologlar va siyosatchilarning kichik guruhlari iqlim muammolari bilan shugʻullanib kelishmoqda. 2019 yili BMTdagi iqlim harakatlari haftaligining koʻrsatishicha, endi hamma biladigan va hamma tushunadigan ushbu muammo sayyoramizning kelajagi uchun ahamiyatlidir. Oʻylashimcha, ancha aniqlashib borayotgan fanga urgʻu berayotganimiz ham bunga sabab boʻldi. Hozir hech kim 1993 yildagi kabi antropogen ta'sirida iqlim oʻzgarishi hayotiy haqiqat ekaniga shubha bilan qaramaydi. Shu bois, iqlim oʻznarayotganini inkor etadigan kishilar soni kamayib bormoqda. AQShning gʻarbiy qirgʻoqboʻylaridagi oʻrmon yongʻinlari, ёki Kanadadagi oʻta yuqori havo harorati, ёxud Oʻzbekiston va Avstraliyadagi oʻrmon yongʻinlari, Bangladeshlik fermerlarning hayotiga salbiy ta'sir koʻrsatayotgan dengiz sathining koʻtarilishi kabi tabiiy ofatlarga koʻproq duch kela boshlaganimiz ham shunga turtki bermoqda. Butun dunyoda odamlar iqlim oʻzgarishlaridan aziyat chekishmoqda, bu hol tez-tez sodir boʻlayotgani esa tashvishlanarlidir. Afsuski, Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi borasida aholining xabardorligi ancha past darajada. Ёz ancha issiq boʻlib borayapti, qish esa avvallari boʻlgani kabi sovuq emas. Bu esa sizlardagi qishloq xoʻjaligini, suvdan foydalanishni oʻzgartirish kerakligini koʻrsatayotir. Odamlar iqlim haqida koʻproq narsa bilishlari juda muhim. Bu birinchidan. Glazgoda yangi bitim imzolanadimi, degan savolingizga javobim «Yoʻq». 2015 yilda Parij bitimi imzolangan edi. Maqsadimiz 2050 yilga borib global isish darajasining atigi 2 foizga oshishiga erishishdan iborat. Albatta, Parij 1,5 foizga harakat qilmoqda. Glazgoda biz qilmoqchi boʻlgan ish – Parijdan keyin ilk marotaba Sayyoramiz xalqlarini chindanda birlashtirib, «bizga koʻproq shiddat zarur. Kelgusi oʻn yillikda havoga CO₂ chiqarilishi toʻrt martaga kamaytirishga erishishimiz kerak», - demoqchimiz. Biz ushbu maqsadga erisha olishimizga ishonamiz va bu jarayonda ishtirok etayapmiz. Biz, Birlashgan Qirollik butun dunyodagi mamlakatlarni, jumladan Xitoy, Hindiston, AQSh kabi havoga gazlarini koʻplab chiqarayotgan yirik manbalarini ham, shuningdek iqlim oʻzgarishidan aziyat chekayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni ham bu jarayonga jalb etayapmiz. Chunki, birgalikda biz koʻproq narsalarga erishishimiz mumkin. Albatta, bunga birdaniga erishib boʻlmaydi, buning uchun vaqt kerak. Bizda Parij bitimiga asoslangan bir qator muhim tashabbuslar bor va biz ularni Glazgoda amalga oshirishga harakat qilib koʻramiz. Kecha biz ulardan birinchisini – oʻrmon va erdan foydalanish boʻyicha yetakchilarning Deklaratsiyasini koʻrdik. Umid qilamizki, Oʻzbekiston ham Qozogʻiston va Qirgʻizistondan oʻrnag olib, bugungi kunda uni imzolagan 110 ta davlat safiga qoʻshiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning soʻnggi bir necha oy davomida oʻrmonlarning kesilishi, mamlakatda daraxtlarni muhofaza qilish haqida bildirgan qator fikrlari bizga ana shunday umid bagʻish etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻproq daraxt ekishga eʼtibor qaratayotgani ham bizni xursand qiladi, bu juda muhim tashabbus. Green Grid Initiative boʻyicha toza energiya tashabbusi ham muhim. Bu Oʻzbekistonning toza energiyani ilgari surish borasidagi intilishlariga ham mos keladi. Albatta, biz bilamizki, mavjud infratuzilma qoʻshnilaringiz bilan energiyadan birgalikda foydalanish anʼanasiga asoslangan edi. Shu bois, Green Grid tashabbusi Oʻzbekistonning shaxsiy intilishlariga ham taʼsir koʻrsatishidan umidvormiz. Yana bir oddiy usul – koʻmirdan toza energiyaga oʻtish. Oʻzbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun u qadar koʻp koʻmir ishlatmaydi. Sizlar qazib olinadigan yoqilgʻidan qayta tiklanadigan energiya manbalari, masalan quyosh va shamol energiyasiga oʻta boshlagansiz. Koʻmir havoni eng ifloslantiruvchi manba boʻlib, global iqlim oʻzgarishiga ayniqsa katta taʼsir oʻtkazadi. Shu sababli ham biz tezroq energiya ishlab chiqarishni koʻmirdan muqobil variantga oʻtkazishga harakat qilayapmiz. Oʻzbekiston ham bu jarayonga oʻzining sezilarli va samarali hissasini qoʻshishi mumkin. Oʻzbekiston bugungi kunda yoshlarning iqlim oʻzgarishi muammosini yechish borasidagi tashabbuskorligi, sodiqligi va ishtirokiga tayangan holda taʼlimga eʼtiborni kuchaytirishi zarur. Chunki Ona yer mendan ham koʻra koʻproq ularning sayyorasidir. Men va bizning avlod yoʻl qoʻygan xatolarimiz uchun javobgarmiz, yosh avlodga ushbu xatolar meros boʻlib qolmoqda. Lekin ular barcha uchun yaxshiroq, tozarok, xavfsizroq boʻlgan oʻz dunyolarini yaratishlari kerak.

    - Yaxshi bilasizki, Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishi oqibatlariga toʻla moslashmagan, hamda oʻtgan konferensiyalarda rivojlanayotgan mamlakatlarga taxminan 100 milliard dollar ajratilishi vaʼda qilingan edi, ammo bu vaʼda bajarilmadi. Nima deb oʻylaysiz, COP26 dan keyin bu vaʼdalar bajarilarmikan?

    • Qisqacha aytganda, ha. Menimcha, yakuniga etib borayotgan yilda biz rivojlangan davlatlar ajratishni vaʼda qilgan 100 milliard dollarni bera olmaymiz, ammo keyingi yil bunga erishishimiz mumkin. Bu koʻp jihatdan COP arafasida davlatlar oʻz zimmalariga olgan majburiyatlar bilan bogʻliq. Yangi majburiyatlar haqida gap ketganda, biz konferensiyada Prezident Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziridan eʼlon qilinganidan boshqacharoq miqdordagi pul mablagʻlari haqida eshitdik. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining tahlili koʻrsatishicha, 2023 yilga borib biz 100 milliard dollar ajrata olamiz. Eng muhimi, rivojlangan davlatlar global isish oqibatlarini bartaraf etishga asosiy hissani qoʻshayotganlarini anglab etishlaridaG20 ga kiruvchi yigirmata yirik davlat dunyo boʻyicha havoga tashlamalarning toʻrtdan uch qismini ishlab chiqaradi, shu bois ular kamroq rivojlangan davlatlarni iqlim oʻzgarishi oqibatlaridan himoya qilish va moliyalashtirish majburiyatini zimmalariga olishlari kerak. Oqibatlarni yumshatish, ularga moslashish, zararlarni qoplash uchun ham kerak bu narsa. Covid-19 pandemiyasi davrida bu ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Covid-19 ijtimoiy himoyalanmagan guruhlar, xotin-qizlar va bolalar salbiy oqibatlardan eng koʻp aziyat chekishini va zarar koʻrishini koʻrsatib berdi. Glazgodan keyin biz zimmamizga olgan majburiyatlarimizni bajarishga harakat qilamiz. Birlashgan Qirollik zimmamizga olgan majburiyatlarimizga sodiqligimizni koʻrsatish uchun boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Biz avvalroq soʻz yuritgan muhim tashabbuslarimizni amalga oshirish uchun ishlashdan toʻxtamaymiz.

      - Yaxshi bilamizki, iqlim oʻzgarishi, birinchi galda qurgʻoqchilik, yongʻinlar, suv yetishmasligi – bularning barchasi iqtisodiyotga, qishloq xoʻjaligiga zarba beradi. Iqtisodiyotning, umuman olganda, davlatning va aholining iqlim oʻzgarishiga moslashishi juda muhim. Sizningcha, bu yoʻnalishda nimalar qilish kerak?

      • Sanab oʻtilgan tabiiy ofatlar butun dunyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham hayot tarziga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Menimcha, bu oʻrinda global isish oqibatida asta-sekinlik bilan suvning kamayib borishi iqtisodiyotga eng koʻp taʼsir koʻrsatadi. Sizlar suvning kattagina qismini Tyan-Shan, Pomir togʻlaridagi muzliklardan olasizlar. Afsuski, soʻnggi 20 – 25 yilda ushbu muzliklarning 60 foizi yoʻqolib ketdi. Global isish davom etadigan boʻlsa, bu jarayon ham kuchayadi. Oqibatda, bu Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi uchun katta falokat boʻladi. Bugungi kunda biz daryolar atrofida suv taʼminotidan uzilib qolgan fermer xoʻjaliklarini koʻrishimiz mumkin. Garchi, koʻproq iqlim oʻzgarishi emas, balki insonning tabiatga notoʻgʻri munosabati oqibati boʻlsada, Orol dengiziga nima boʻlganiga barchamiz guvohmiz. Ammo Orol dengizi bu erdagi iqlim oʻzgarishiga taʼsir qilmoqda, chunki u hududidagi havo haroratiga sovutuvchi taʼsir koʻrsata olmay qolgan. U qum boʻronlarini keltirib chiqarmoqda, ular esa oʻz navbatida havo, suvning sifatiga, yashash uchun vositalarga taʼsir qilmoqda. Xoʻsh, bunday sharoitda dunyo nima qila oladi, Oʻzbekistonning oʻzichi? Parijda oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun biz qanchalik tezroq qazib olinadigan yoqilgʻi tashlamalari miqdorini kamaytirsak, bu erda suv manbalari va anʼanaviy tiriklik vositalarini muhofaza qilish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bu dunyo uchun ham, Oʻzbekiston uchun ham muhim. Sizlarda shakllanish, yaratilish va moslashtirish bosqichida boʻlgan yashil iqtisodiyot Strategiyasi mavjud, bu esa sugʻorish va qishloq xoʻjaligi uchun suvdan foydalanishda qanday yoʻl tutayotganlingizni koʻzdan kechirish imkonini beradi. Dalalarni sugʻorishning anʼanaviy usullari samarali boʻlmay qolgan va bunda suvning katta qismi yoʻqotiladi. Kanalizatsiya suvlari toʻla qayta ishlanmasligi bois ham juda koʻp miqdordagi suv yoʻqotiladi. Sizlar qishloq xoʻjaligida suvni kamroq talab qiladigan ekinlarni etishtirishlaringiz mumkin. Oʻzbekiston oʻzining anʼanaviy iqtisodiyotini yangicha hayotiy haqiqatlarga moslashtirishiga yordam beradigan koʻplab usullar mavjud. Albatta, xalqaro hamjamiyat bu borada yordam berishi mumkin. Oʻzbekistonliklar magʻrur millat. U asrlar davomida mavjud sharoitga moslashib kelishgan, bu borada sizlarda katta tajriba Toʻrtinchi va oxirgi rasmdagi matnning lotin alifbosiga oʻgʻrilgan koʻrinishi:

        bor. Sizlarning taʼlim tizimingiz yoshlarga iqlim oʻzgarishi nimaligini, uning oqibatlarini, suv va energiya manbalaridan tejab-tergab foydalanishni oʻrgatishga moslashishi kerak. Asta-sekin ekotransportga oʻtish zarur. Men mana ikki yildirki Toshkentda yashayapman. Shu vaqt ichida yoʻllardagi avtomashinalar soni sezilarli miqdorda oshdi. Odamlar atrof-muhitni ifloslantiruvchi avtomashinalardan koʻproq foydalanishmoqda. Ammo ekologik toza avtotransport vositalariga oʻtish uchun hali ham kech emas. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida bugungi kunda elektromobil ishlab chiqarish anʼanaviy benzin dvigateli avtomashina ishlab chiqarishdan arzonga tushmoqda. Oʻzbekistonning tajribasi bu yerda qazilma yoqilgʻidan energiya ishlab chiqarishdan koʻra, quyosh energiyasi va shamol energiyasini ishlab chiqarish ancha arzonga tushishini koʻrsatdi. Shuningdek, bino va inshootlarni energiyani kam isteʼmol qiladigan qilib qurishga ham eʼtiborni kuchaytirish kerak. Bu juda muhim. Bularning barchasini qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, transport, shaharsozlikdagi taʼlimdan boshlash kerak. Intervyu oldidan biz Bangladeshda muammoni hal qilish uchun anʼanaviy qishloq xoʻjaligi jamoatlari qishloq xoʻjaligini yuritishning eski anʼanaviy usullarini gidropon dehqonchilikdan foydalanishga moslashtirayotganliklari haqidagi qisqacha video haqida gaplashgan edik. Toʻgʻri, bu Oʻzbekistonning muammosi emas, lekin sizlar binolarda qishda salqinni va yozda issiqni saqlashning eski usullaridan foydalanasizlar. Buning uchun koʻp miqdorda elektr energiyasidan foydalanish shart emas, balki ulkan bilim va tajribalar sohibi boʻlgan ajdodlaringiz tarixiga nazar solsangiz kifoya. Shunchaki ularning ayrimlarini takomillashtirish kerak, xolos.

        - Bugungi kunda butun dunyo jahonning etakchi davlatlari rahbarlari iqlim oʻzgarishi oqibatlarini muhokama qilgan Glazgodagi Butunjahon iqlim forumini diqqat bilan kuzatmoqda. Konferensiyadan siz nimalarni kutmoqdasiz?

        • Men optimistman. Ulugʻ gʻoyalarni, ulugʻ tashabbuslarni va ularni amalga oshirishning ijodiy usullarini ishlab chiqish uchun juda koʻp ish qilindi. Albatta, COP Parijda oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻlidagi navbatdagi qadam. Parijdagi maqsadlar esa – nafaqat 2030 yilga borib havoga global tashlamalarni 30 foizga kamaytirishni, balki 2050 yilda havoga chiqarilayotgan is gazlar miqdorini nolga tushirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli maqsadlardir. Shu bois mening Glazgodan umidlarim katta, oʻylaymanki 2050 yilda toza nolga erishish uchun katta qadam tashlaymiz. Barchasiga birdaniga erisha olmasligimiz ham haqiqat. Lekin Xitoy maqolida aytilganidek: «Har bir sayohat birinchi qadamni tashlashdan boshlanadi». Shu bois, birinchi katta qadam bitim imzolanishi yoʻli bilan Parijda tashlangan edi, endi ana shu sayohatimizni davom ettirishimiz kerak. Markaziy Osiyo ham dunyo bilan hamqadam ekanidan xursandman. «CAREC» ekologik tadqiqotlar Markazi Glazgoda oʻzining Markaziy Osiyo paviloniga ega. Shuningdek, Oʻzbekistonga bagʻishlangan tadbir ham boʻlib oʻtdi, unda davlatingiz iqlim oʻzgarishiga qarshi global kurashga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini namoyish etdi.

        - Elchi janoblari, savollarimizga batafsil javob qaytarganingiz uchun Sizga katta rahmat. Oʻylaymanki, yaqin kelajakda aholimiz iqlim oʻzgarishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglab etadi va Oʻzbekiston «yashil» iqtisodiyot yoʻliga toʻliq oʻtadi.

        Nargis Qosimova suhbatlashdi.

So'nggi yangiliklar