Hayvonlarni himoya qilish haqida gap ketganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga veterinariya shifokorlari, boshpana xodimlari yoki ko‘ngillilar keladi. Biroq dunyoda hayvonlarni himoya qilishga o‘z hayotini bag‘ishlagan, tashqi ko‘rinishi bilan esa mutlaqo boshqa taassurot qoldiradigan insonlar ham bor. AQShning Nyu-York shahrida tashkil etilgan Rescue Ink ana shunday noyob tashkilotlardan biridir.