Din va ekologiya|16

3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi Zangi Ota ziyoratgohi hududida ekologik aksiya tashkil etildi. Tadbir "Ekolog" jamoat birlashmasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi hamda KELAJAK erkin volontyorlik harakati yoshlari hamkorligida o‘tkazildi.

3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

Tashabbus doirasida qushlar uchun maxsus inlar va oziqlantirgichlar o‘rnatilib, qish faslida oziq topishda qiynalayotgan qushlarga ko‘mak berish maqsad qilindi. Bu tashabbus ziyoratgoh hududida yashovchi qushlar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, bioxilma-xillikni asrash hamda ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.Qish oylarida tabiiy oziqa manbalarining kamayishi ko‘plab qush turlari uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Shu bois o‘rnatilgan oziqlantirgichlar ularning omon qolishiga, maxsus inlar esa boshpana topishiga yordam beradi. Bu esa tabiatni asrash yo‘lidagi kichik, ammo muhim qadamlardan biridir.

Tadbir davomida ishtirokchilar qushlarni asrash, ularga to‘g‘ri oziq berish, sun’iy inlar yaratish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini ham olib bordilar. Ayniqsa, yosh volontyorlarning bu jarayondagi ishtiroki tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.Ziyoratgoh hududida amalga oshirilgan bu tashabbus ekologiya va ma’naviyat uyg‘unligini namoyon etib, tabiatga g‘amxo‘rlik qilish barchaning vazifasi ekanini yana bir bor eslatdi.Tashkilotchilar fuqarolarni ham hovli, bog‘ va mahallalarda qushlar uchun oziqlantirgichlar o‘rnatishga chorlab, bu orqali har kim ekologiyani asrashga o‘z hissasini qo‘sha olishini ta’kidladilar. Zero, tabiatga e’tibor — kelajakka e’tibordir.