Eko korrupsiya|19

150 ta terak kesilishi evaziga 11 million so'mlik kompyuter?

Samarqand viloyatida ekologiya sohasidagi mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesilishiga ko'z yumish evaziga 11 million so'm qiymatidagi kompyuter jamlanmasini olgani gumon qilinmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotiga ko'ra, tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i mahalliy fuqarodan kompyuter to'plamini olgan.

150 ta terak kesilishi evaziga 11 million so'mlik kompyuter?

Samarqand viloyatida ekologiya sohasidagi mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesilishiga ko'z yumish evaziga 11 million so'm qiymatidagi kompyuter jamlanmasini olgani gumon qilinmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotiga ko'ra, tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i mahalliy fuqarodan kompyuter to'plamini olgan.
Buning evaziga u "Zarafshon" mahallasi hududida noqonuniy ravishda kesilgan 150 ta terak bo'yicha to'plangan materiallar yuzasidan choralar ko'rmaslikni, tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirishga yordam berishni hamda jarima maydonchasiga olib qo'yilgan transport vositasini qaytarishda ko'maklashishni va'da qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌿 Tabiatga qarshi jinoyatlar va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat — ekologik xavfsizlikning muhim shartidir.
☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!