Xorijiy xabarlar|22

Chiqindidan energiyaga: O‘zbekiston va Bolgariya tajribalari

Bolgariya rasmiylari bilan uchrashuvlar tenderlardagi sun’iy oshirilgan narxlar va xarid jarayonlaridagi shaffoflikning yetishmasligi jiddiy tizimli muammolarga olib kelishini ko‘rsatdi. Bu esa O‘zbekiston uchun ham muhim saboq bo‘ldi.

Chiqindidan energiyaga: O‘zbekiston va Bolgariya tajribalari

Noyabr oyida 2025-yilda men CEE Bankwatch Network tomonidan tashkil etilgan Bolgariyaning chiqindilarni boshqarish tizimi bo‘yicha o‘quv safarida ishtirok etdim. Safar davomida Sofiya va Blagoevgraddagi MBT zavodi, poligonlar, kompostlash maydonlari va anaerob parchalanish inshootlariga tashrif uyushtirildi.

Dastur doirasida men O‘zbekistondagi chiqindilar bilan ishlash tizimining hozirgi holatini taqdim etdim. Shu jumladan, chiqindilarni yig‘ish va tashish, “Toza Hudud” faoliyati, ikkilamchi xom ashyo qabul qilish punktlari va yangi qayta ishlash loyihalari haqida ma’lumot berdim. Xususan, RDF yoqilg‘isi ishlab chiqarish, sifati va qo‘llanilishi bo‘yicha shaffof ma’lumotlarning yetishmasligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Bolgariya rasmiylari bilan uchrashuvlar tenderlardagi sun’iy oshirilgan narxlar va xarid jarayonlaridagi shaffoflikning yetishmasligi jiddiy tizimli muammolarga olib kelishini ko‘rsatdi. Bu esa O‘zbekiston uchun ham muhim saboq bo‘ldi.

Safar yakunida xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda ochiq ma’lumotlar, faol OAV va fuqarolik jamiyati ishtirokisiz barqaror ekologik rivojlanishga erishishning qiyin ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.

Avazxon Xaydarov