Murojaatlar|2

Qashqadaryoda lolazorlarni payhon qilish holatlari davom etmoqda

Qashqadaryo viloyatida bahorning eng go‘zal manzaralaridan biri — lolazorlar yana inson omili sabab zarar ko‘rmoqda.

Qashqadaryoda lolazorlarni payhon qilish holatlari davom etmoqda
Avvalroq ushbu tabiiy boylikni payhon qilgan shaxslar jarimaga tortilib, hatto ma’muriy qamoqqa ham olingan edi. Biroq ko‘rilgan choralar ham hammani to‘xtata olmayapti. Afsuski, ayrim fuqarolar bu holatlardan xulosa chiqarmayapti va lolazorlarni payhon qilish davom etmoqda. Bu esa nafaqat tabiatga zarar, balki jamiyatning ekologik madaniyati hali yetarli darajada shakllanmaganini ham ko‘rsatadi. Tabiat insonlarga betakror go‘zallik ato etadi. Ammo bu ne’matdan to‘g‘ri foydalanish, uni asrab-avaylash o‘rniga, ayrim hollarda unga beparvolik bilan yondashilayotgani achinarli.